» » Angrenda 64 nafar xarbiy xizmatchiga zamonaviy yotoqxona kalitlari topshirildi (foto)

Angrenda 64 nafar xarbiy xizmatchiga zamonaviy yotoqxona kalitlari topshirildi (foto)


Angren shahrida joylashgan Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy shaharchada bir guruh harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlangan yotoqxona tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Yotoqxonani topshirish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Bahodir Qurbonov hamda Angren shahar hokimi Hakamjon Abdulazizov O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash, turmush tarzini yanada yaxshilash, farzandlarining ta’lim olishlari uchun yaratib berilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga munosib xizmat qilish xususida to‘xtalib o‘tdi.

Qayta ta’mirlangan yotoqxona hududida bolalar o‘yingohi majmuasi qurilgan bo‘lib, u harbiy xizmatchilar farzandlarining bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishini ta’minlaydi.

Harbiy orkestr kuy-sadolari ostida 64 nafar harbiy xizmatchi oilasiga turur joy kalitlari tantana bilan topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют