» » Fransiyada poytaxt yaqinidagi tartibsizliklarda ishtirok etgan 37 kishi qo‘lga olindi

Fransiyada poytaxt yaqinidagi tartibsizliklarda ishtirok etgan 37 kishi qo‘lga olindi


Fransiyaning Sen-Sen-Deni departamentida 11-fevral, shanba kuni kechki payt bo‘lib o‘tgan namoyishlardan so‘ng kamida 37 kishi mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

2 mingga yaqin kishi “Teo uchun adolat”ni talab qilib, Bobinya sudi oldida to‘plandi. Shu kabi aksiyalar yaqin oradagi boshqa shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi. Avvaliga namoyishlar osoyishtalik bilan o‘tdi, biroq keyinchalik tartibsizliklarga aylanib ketdi.

Uning qatnashchilari mashinalar va axlat qutilarini yoqib yubordi, do‘konlardagi oynalarni sindirdi, huquq-tartibot xodimlariga turli buyumlar uloqtirdi. Shundan so‘ng politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi.

Parij shimolidagi shaharlarda tartibsizliklar o‘tgan hafta boshida, Sen-Sen-Deni departamentining Olne-su-Bua shahrida ro‘y bergan hodisa tufayli boshlandi. U yerda 2-fevral kuni mahalliy fuqaro o‘ta shafqatsizlik bilan qo‘lga oldi. Politsiyachilar Teo ismli erkakni kaltaklagani aks etgan kuzatuv kamerasi yozuvi OAVlarda tarqaldi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют