» » O‘zbekistonda 15-iyuldan eng kam kam ish haqi miqdori oshishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 15-iyuldan eng kam kam ish haqi miqdori oshishi kutilmoqda


O‘zbekistonda joriy yil 15-iyuldan eng kam kam ish haqi miqdorining oshishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisod vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

EKIH 7 foiz atrofida oshiriladi.

Mubin Mirzayev 2017-yilning dekabr oyida mamlakatda endilikda har olti oyda oylik maoshning inflyatsiya natijasida yo‘qotilgan qismi konpensatsiya sifatida qaytarilishi, shu bilan oylik maoshning o‘sishi inflyatsiya darajasidan past bo‘lmasligini aytgandi.

2-iyul kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klub yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov birinchi yarim yillikda inflyatsiya 6,2 foiz bo‘lganini ma’lum qildi.

“Birinchi marta prognozlar darajasiga chiqildi va Xalqaro valyuta fondi bu raqamlarni shubha ostiga olmaydi. Bunga qadar esa XVF bizning ko‘rsatkichlarimizni hech qachon qabul qilmagan”, — deya tan oldi moliya vaziri.

Shundan kelib chiqqan holda, EKIHning kutilayotgan indeksatsiyasi yarim yillikdagi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘ladi.

“Yil oxiriga borib, eng kam maosh ikkinchi yarim yillikdagi inflyatsiya darajasidan kelib chiqib yana bir bor indeksatsiya qilinadi. Bu budjetga kiritilgan”, — deya ta’kidladi Mubin Mirzayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют