» » O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov: Noto‘g‘ri ovqatlanish onkologik kasalliklarga sabab bo‘lmoqda

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov: Noto‘g‘ri ovqatlanish onkologik kasalliklarga sabab bo‘lmoqda


O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan onkologiya xizmatining bugungi holati, onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlash, onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlab matbuot anjumanida o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Vazir Alisher Shodmonovning ta’kidlashicha, onkologik kasalliklardan himoyalanish uchun, “eng avvalo, sog‘lom ovqatlanish madaniyatiga rioya etish zarur”. Chunki, uning so‘zlariga ko‘ra, “onkologik kasalliklarning kelib chiqishiga, avvalo, noto‘g‘ri ovqatlanish jiddiy sabab bo‘lmoqda”.

“Ya’ni, tarkibida inson sog‘lig‘i uchun zararli moddalari bo‘lgan oziq-ovqat va ichimliklarni iste’mol qilish saratonga olib kelishi zamonaviy ilm-fanda to‘liq tasdig‘ini topdi. Bunday oziq-ovqatlar qatoriga qizil go‘sht, kolbasa va boshqa qayta ishlangan mahsulotlar, yog‘li taomlar, shakar, tuzni kiritish mumkin”, — dedi vazir.

Bundan tashqari, chekish, ichish, semizlik ham saratonni keltirib chiqaruvchi omillar sirasiga kiradi. Sog‘lom turmush tarziga to‘la rioya etish, belgilangan muddatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tish, bolalarni yuqumli kasalliklarga qarshi o‘z vaqtida emlatish, jismonan faol bo‘lish ham onkologik kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.

Qayd etishlaricha, viloyatlardagi onkologiya dispanserlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallariga aylantirilib, 10 dan ziyod malakali olimlar va yetakchi mutaxassislar viloyat filiallariga rahbar etib tayinlangach “har bir viloyatda oldinlari qilinmagan eng murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli amalga oshirila boshlangan”.

Onkologiya muassasalarini dori-darmon bilan ta’minlash yaxshilandi: yaqin-yaqingacha onkologik bemorlarni dori-darmon bilan ta’minlash bor-yo‘g‘i 26 foizni tashkil etgan bo‘lsa, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 apreldagi qaroridan so‘ng onkologiya muassasalarini dori bilan ta’minlash hozirgacha uch barobarga oshgan, yil oxiriga borib deyarli to‘liq ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Aholi orasida onkologik kasalliklarning oldini olish maqsadida sut bezi va bachadon bo‘yni saratoni skrining tadqiqotlari boshlab yuborilgan. Sut bezi saratonini erta aniqlash uchun 13 ta mobil, 16 ta statsionar mammografik uskunalar xarid qilinmoqda. Qizilo‘ngach, me’da va kolorektal saraton bo‘yicha Farg‘ona viloyatida tajriba tariqasida skrining tadqiqotlari rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют