» » Kaliforniyada to‘g‘onning yorilishi xavfi kamaydi, evakuatsiya haqidagi buyruq kuchda qoldi

Kaliforniyada to‘g‘onning yorilishi xavfi kamaydi, evakuatsiya haqidagi buyruq kuchda qoldi


AQShning Kaliforniya shtati Orovill ko‘lidagi to‘g‘onning vayron bo‘lish xavfi avvalgidek yuqori emas, deb yozadi “TASS” Byutt okrugi sherifi Koni Xoniga tayanib. Shunga qaramay, obyektdan pastda joylashgan aholi punktlari fuqarolarini evakuatsiya qilish haqidagi farmoyish o‘z kuchida qoladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy oqova ariqqa shikast yetgan, shu tufayli zaxira ariqdan foydalanishga qaror qilingan, ammo unda teshik borligi aniqlangan, u esa kengayib bormoqda.

Ayni paytda hukumat vertolyotlardan foydalanishni ko‘zda tutuvchi rejani tayyorlab qo‘ydi. Ularning ekipajlari oqova ariqning ochiq qismiga tosh to‘kib, teshikni bekitishi kerak.

1962—68-yillarda qurilgan to‘g‘on AQShdagi eng baland gidrotexnika inshooti hisoblanadi, uning balandligi 230 metrga teng.

Orovill shahrida 16 ming kishi yashaydi, ular Orovilldan shimolda joylashgan Chiko va boshqa shaharlarga yo‘l olishi kerak.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют