» » AQSh Maxfiy xizmati haqida siz bilmagan beshta fakt

AQSh Maxfiy xizmati haqida siz bilmagan beshta fakt


AQSh prezidenti — oliy bosh qo‘mondonni himoya qilish Maxfiy xizmat xodimlari faoliyatining bir qismi, xolos, deb yozadi Share America. Ular vitse-prezident va uning oilasini, sobiq prezidentlarni hamda AQShga tashrif bilan kelgan chet davlatlar rahbarlarini ham qo‘riqlash bilan birga, AQSh moliyaviy tizimiga qarshi jinoyatlarni tekshiradi. Maxfiy xizmat tarkibiga 6,5 ming xodim, shu jumladan, maxsus agentlar, tezkor ishchilar va yordamchi personal kiradi. Xizmat har bir shtatda va chet elda ham o‘z bo‘linmalariga ega.

Quyida esa ba’zi qiziqarli faktlar bilan tanishing:

Maxfiy xizmat dastlab prezidentni himoya qilmagan

Maxfiy xizmat 1865-yilda Moliya vazirligi sifatida tashkil qilingan, uning vazifasi Fuqarolar urushidan keyin keng tarqalgan qalbaki pul yasashga qarshi kurashishdan iborat bo‘lgan.

Pullarni qalbakilashtirishga qarshi kurash hamon Maxfiy xizmatning muhim funksiyasi bo‘lib hisoblanadi

Agentlik Amerika pul birligining ham AQSh ichkarisidagi, ham chet eldagi qalbakilashtirilish holatlarini tekshiradi. 2016-yil noyabrda Maxsus xizmat Peru hududida 30 million dollarlik qalbaki kupyuralarni musodara qildi.

Prezidentni kecha-yu kunduz qo‘riqlash 1901-yilda boshlangan

XIX asr oxirida Maxfiy xizmat prezident Grover Klivlendni norasmiy ravishda qo‘riqlagan. 1901-yilda prezident Uilyam Mak-Kinli o‘ldirilgach, Kongress Maxfiy xizmatga prezidentni kecha-yu kunduz qo‘riqlashni topshirdi.

Prezidentni qo‘riqlash bo‘yicha ishlarning katta qismi oldindan amalga oshiriladi

Vashingtondan tashqarida prezident ishtirokida bo‘lib o‘tadigan har qanday tadbirdan 1—2 hafta avval Maxfiy xizmatning ilg‘or guruhlari yetib keladi. Ular avtokortejlar uchun asosiy, zaxira va avariyali yo‘nalishlarni belgilaydi, kasalxonalarni ko‘zdan kechiradi va prezident tashrif buyuradigan har bir obyektning xavfsizligini ta’minlash rejalarini tayyorlaydi.

Qanday maxfiylik nazarda tutiladi?

Agentlik nomining kelib chiqishi zamonaviy hayot bilan bog‘lanmagan va butunlay uning dastlabki vazifasi — qalbaki pul yasashga qarshi kurash bilan bog‘liq. O‘sha vaqtda u tezkor guruh bo‘lgan, ular “niqob ostida” ish olib borgan va shundan “Maxfiy xizmat” deya nomlangan.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют