» » Andijonda NNT rivojiga oid masalalar muhokama qilindi

Andijonda NNT rivojiga oid masalalar muhokama qilindi


Andijonda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun hamda Prezidentning 4-maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

NNTni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda ijtimoiy ahamiyatga ega dolzarb masalalarni hal etishda NNT hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtiroki va faolligini oshirish, grant loyihalarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, NNTlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda davlat granti loyihasini amalga oshirish jarayonida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan NNTlarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyati tahlil qilindi. Grant loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tavsiya va maslahatlar berildi.

Tadbirda Jamoat fondi tomonidan joriy yilda e’lon qilingan birinchi va ikkinchi grant tanlovlarida o‘z loyihasi bilan g‘olib bo‘lgan NNT va OAVga sertifikatlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют