» » Xalq ta’limi vaziri ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi

Xalq ta’limi vaziri ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi


O‘zbekiston xalq ta’limi tizimida rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun Abdulla Avloniy nomidagi Markaziy institut, 14 ta hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, maktabgacha ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv-metodik markazi hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ma’lum qildi.

Masofadan malaka oshirishning zamonaviy metodlari joriy etilgan. Birgina 2016-yil davomida 93 mingdan ortiq rahbar va pedagog 140 ta malaka toifasi asosida o‘z malakalarini oshirgan. Ayni paytda rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablarini takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilib, xalq ta’limi tizimida malaka oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablarini, o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, har bir tuman miqyosida “Mahorat maktablari” tashkil etilib, muntazam o‘tkazib borilayotgan mashg‘ulotlarga barcha fan o‘qituvchilari qamrab olingan. Bu mashg‘ulotlarda pedagoglar tajribali trener o‘qituvchilardan darsga tayyorgarlik ko‘rish, ko‘rgazmali qurollar tayyorlash, yangi mavzuni tushuntirish, o‘quvchilar va ota-onalar bilan ishlash, umuman, kasbga oid barcha yo‘nalishlar bo‘yicha keng amaliy bilimlarni o‘zlashtirmoqda.

Shuningdek, vazir o‘quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratgan holda, kelgusida bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan rejalashtirilayotgan ishlar xususida to‘xtaldi.

“Ayni paytda amaliyotchi pedagoglar, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlari ko‘magida umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlarini yaratish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda amaliyotga joriy etishga kirishildi. Yangicha talab asosida ishlangan darsliklar majmua tariqasida (darslik, multimedia ilovasi, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma) bo‘lib, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslanadi”, — dedi u.

Metodik xizmatning o‘qituvchi ehtiyojiga asoslangan yangi shakllarini yaratish, ta’lim sifatini baholash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng tatbiq etish ham bu yildagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ulug‘bek Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi haqida gapirdi. Uning aytishicha, 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadigan mazkur Dasturga muvofiq, 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanma va multimediali vositalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Yangi loyiha asosida bunyod etiladigan muassasalarda qulay sharoitga ega yozgi ayvonchalar, suzish basseynlarini qurish ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2,2 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.
Dastur doirasida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarni yaratish va rivojlantirish ishlari ham amalga oshiriladi. Ya’ni, mamlakat bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida 6100 ta qisqa muddatli guruh tashkil etiladi. Ularni, birinchi navbatda, qishloq joylarda tashkil etishga e’tibor qaratiladi.

Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun turli rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Shu asosda har yili 305 mingdan ortiq 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 3—6 yoshli bolalarni ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlash tizimi ham joriy etiladi.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют