» » iPhone X 2018 unumdorlik testlarida iOS 12, yangi chip va 4 Gb tezkor xotira bilan paydo bo‘ldi

iPhone X 2018 unumdorlik testlarida iOS 12, yangi chip va 4 Gb tezkor xotira bilan paydo bo‘ldi


Shu yil kutilayotgan Apple smartfonlari uchligidan biri haqida Geekbench benchmarkida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Testlar ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘lg‘usi iPhone iOS 12 operatsion tizimi va D321AP protsessori bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, yangi iPhone’ga 4 Gb tezkor xotira o‘rnatiladi, iPhone X’niki 3 Gb edi. Smartfon bir yadroli testda 4673 ball, ko‘p yadrolida esa 10 912 ball to‘pladi. Taqqoslash uchun, iPhone X ushbu testlarda tegishli ravishda 4200 va 10 000 ball yig‘gan edi.

Test natijalarida qurilma iPhone 11,2 nomi bilan keltirilgan, yangi qurilma iPhone 11 deb nomlanishi taxmin qilinmoqda. Ammo Apple taqdimotgacha o‘z qurilmalari nomlarini oshkor qilmaydi, shu sababli smartfonlar iPhone X (2018) va iPhone X Plus deb nom olishi ehtimoli amalda qolmoqda.

Apple yangi iPhone’larni sentabrda bo‘ib o‘tadigan an’anaviy taqdimotda namoyish etishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют