» » “Bunyodkor” Otabek Shukurov, Doston Hamdamov va Eldor Shomurodov borasida Yevropa klublari bilan muzokarada

“Bunyodkor” Otabek Shukurov, Doston Hamdamov va Eldor Shomurodov borasida Yevropa klublari bilan muzokarada


Toshkentning “Bunyodkor” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga a’zo futbolchilarni Yevropaga qo‘yib yuborish borasida muzokara olib bormoqda. Bu haqda klub bosh direktori Baxtiyor Boboyev “Championat.asia” nashriga ma’lum qilgan.

Eldor Shomurodov, Doston Hamdamov va Otabek Shukurovga xorijdan takliflar bor. Bu futbolchilar borasida o‘sha klublar bilan muzokara ketmoqda. Agar Yevropaning nomi chiqqan klublari bilan kelisha olsak, ularni qo‘yib yuboramiz. Chunki yosh futbolchilar o‘sishi kerak.

Baxtiyor Boboyev, “Bunyodkor” bosh direktori

Baxtiyor Boboyev nomi chiqqan Yevropa klublari aynan qaysilar ekaniga oydinlik kiritmagan. Aniq tomoni shundaki, bu uch futbolchining klub bilan shartnomasi bor. Xorij klublari ularni o‘z safiga qo‘shib olishni istasa, toshkentliklar hisob raqamiga pul o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют