» » Ronalduga 30 mln, “Real”ga esa 120 mln yevro. “Yuventus” Krishtianu bo‘yicha “Qirollik klubi”ga so‘rov yubordi

Ronalduga 30 mln, “Real”ga esa 120 mln yevro. “Yuventus” Krishtianu bo‘yicha “Qirollik klubi”ga so‘rov yubordi


Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda jamoani tark etishi mumkin. Turinning “Yuventus” klubi esa 33 yoshli portugaliyalik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi, deb xabar beradi Marca.

Turinliklar Ronalduning “Real” rahbariyati bilan bog‘liq muammolarida xabardor va ular transfer ustida allaqachon ishlashni boshlab yuborgan. Qayd etilishicha, “Yuve” rahbariyati futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan. Unga ko‘ra Krishtianu Turin superklubi bilan 2022-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Va u yiliga 30 million yevro ishlab topadi.

“Oltin to‘p”ning besh karra sohibining “Qirollik klubi” bilan shartnomasida tovon puli 1 milliard yevro sifatida ko‘rsatilgan. Ammo Ronaldu to‘g‘ridan to‘g‘ri “Real” raqobatchisiga safiga o‘tmaydigan bo‘lsa, tovon pulini kamaytirish borasida tomonlar o‘rtasida kelishuv ham bor.

“Yuventus” esa “Real” bilan bog‘lanib, futbolchi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют