» » 3 yil ichida 6 marta firibgarlik qilgan jizzaxlik fuqaro ozodlikdan mahrum etildi

3 yil ichida 6 marta firibgarlik qilgan jizzaxlik fuqaro ozodlikdan mahrum etildi


Jizzax shaxrida yashovchi firibgar J.F 2014-yildan buyon 5 marotaba jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan firibgarlik, tuhmat va pora berish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib sudlanib, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmadi, deb xabar beradi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi.

Xususan J.F. o‘zganing mulkini aldash yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida 2014-yil mart oyida, X.Sobirovani tegishli joylarga ariza yozib, o‘g‘li G‘.Pulatovni Jizzax Davlat pedagogika institutiga budjet asosida o‘qishga qayta tiklab berishga ishontirib, 2014-yil mart oyidan 2015-yil iyul oyiga qadar 746 266 so‘mga teng 300 AQSh dollari va 1 900 000 so‘mni, 2015-yil oktabr oyida X.Sobirovaning qizi X.Xamidovaga tegishli 4 500 000 so‘mlik 15 grammli tilla braslet, 6 900 000 so‘mlik 23 grammli tilla zanjirlarni firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

J.F. xavfli retsedivist bo‘la turib, takroran o‘zganing mulkini aldash yo‘li bilan talon-toroj qilish maqsadida 2017-yil yanvar oyida Yo.Eshmirzayev bilan Jizzax shahrida uchrashib, Yo.Eshmirzayev sport zal qurish uchun tanlov savdosidan yer maydoni olib berishga ishontirib, 2017-yilning yanvar oyidan may oyiga qadar jami 8 298 994 so‘mga teng 2400 AQSh dollari, 2017-yil 28-noyabrda Yo.Eshmirzayevga 6 sotix yer maydoni bo‘yicha yuzaga kelgan nizosini o‘zi Oliy sudga ariza yozib, hal qilib berishga ishontirib, 12 143 820 so‘mga teng 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

J.F. jabrlanuvchilarga bergan vadasini uddasidan chiqmagandan so‘ng, jabrlanuvchilar J.F. ning xatti-harakati ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojat qilgan.

J.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b”bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining hukmiga asosan J.F. ozodlikdan mahrum etilib, jarima jazosi ham tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют