» » Dehqonobod kaliy zavodi Rossiya kompaniyasidan qarzdor emasligini ma’lum qildi

Dehqonobod kaliy zavodi Rossiya kompaniyasidan qarzdor emasligini ma’lum qildi


Dehqonobod kaliy zavodi MChJ bosh direktori Hamidulla Shermatov “Zumk-Injiniring” MChJning kasodga uchragani borasida rasmiy pozitsiyasini e’lon qildi, deb yozmoqda Spot.

Shermatovning aytishicha, u boshqarayotgan korxona kombinat qurilishi pudratchisi bo‘lgan Rossiya kompaniyasi bilan hisob-kitob qilib bo‘lgan va barcha qarzlaridan qutilgan.

Avvalroq arbitraj sudi “Zumk-Injiniring” MChJning kasodga uchraganini e’lon qilgan. Kompaniya vakillarining fikricha, Dehqonobod kaliy zavodi vaqtida qarzlarini uzganida “Zumk-Injiniring” kasodga uchramagan bo‘lar edi.

Shermatovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistondagi faoliyati davomida “Zumk-Injiniring” zavoddan 177 million dollar olgan va 40 million dollar miqdorida foyda ko‘rgan.

“2016-yil sentyabrda “Zumk-Injiniring” prezidenti Pozdeyev o‘zining moliyaviy maslahatchisi — vitse prezident Suxonosov bilan hamkorlikda “Zumk-Injiniring” MChJning kasodga uchraganini ma’lum qilgan”, — deydi Shermatov.

“Zumk-Injiniring” MChJ — “Zumk” (G‘arbiy Ural mashinasozlik konserni) tarkibidagi korxonalardan biri. “Zumk-Injiniring” 2007-yildan buyon O‘zbekiston va Qozog‘istonda kaliy shaxtalarini qurish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya Rossiyaning Perm shahrida ro‘yxatdan o‘tgan.

2014-yil mayda “Zumk” prezidenti Aleksandr Pozdeyev O‘zbekistonda hibsga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют