» » Shavkat Mirziyoyev “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi


2-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Oliy Majlis Senatining 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 15-yalpi yig‘ilishida “Jamoat joylarida chilim va sigaret chekishni cheklash to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullagan edi.

Belgilab qo‘yilganidek, ushbu qonunning maqsadi jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur qonun fuqarolarning sog‘lig‘ini chilim va elektron sigaretalar chekishning zararli ta’siridan, u bilan bog‘liq ijtimoiy va boshqa salbiy oqibatlardan muhofaza qilishga, shuningdek jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda qaror toptirishning tashkiliy va huquqiy sharoitlarini yaratishga qaratilgan.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Mazkur qonun talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat ichki ishlar organlari tomonidan vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Shunday qilib, chilim va elektron sigaretalarni:

Jamoat joylarida joylashgan xonalarni chilim va elektron sigaretalarni chekish uchun berish, xuddi shuningdek jamoat joylarida chilimni va elektron sigaretalarni foydalanishga berish taqiqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют