» » Buxoroda fermerdan pora talab qilgan mahalla raisi va uyushma rahbari qo‘lga olindi

Buxoroda fermerdan pora talab qilgan mahalla raisi va uyushma rahbari qo‘lga olindi


Buxoro viloyati Qorako‘l tuman IIBga Qoraun qishlog‘ida yashovchi “Boyli bobo” fermer xo‘jaligi rahbari Q.X. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z arizasida Yangizamon qishlog‘ida yashovchi, Yangizamon MFY raisi, 1967-yilda tug‘ilgan Sh.I. hamda Kamolot MFY Kamolot qishlog‘ida yashovchi “Qorako‘l-Qoraun” suvdan foydalanuvchilar uyushmasi rahbari 1973-yilda tug‘ilgan R.A. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Qoraun MFY hududidagi “Boyli bobo” f/x rahbari Q.X.ning ishonchiga kirib, unga tegishli fermer xo‘jaligi dalalarida yetishtirilgan bug‘doy hosilini tuman MTP tomonidan biriktirilgan kombaynlar bilan qisqa muddatda o‘rdirib berish va fermer xo‘jaligiga belgilangan majburiyatga asosan 10 foizlik bug‘doyni davlatga topshirtirmaslik evaziga ta’magirlik yo‘li bilan 400 dollarni pora tariqasida talab qilganligini bildiradi.

Xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida “Qorako‘l-Qoraun”  suvdan foydalanuvchilar uyushmasi rahbari R.A. kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollari va 1 600 000 so‘m pullarni olgan vaqtda ushlanib, ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan R.A. va Sh.I.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)  3-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют