» » Indoneziya sohillarida kema halokati oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi

Indoneziya sohillarida kema halokati oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi


Indoneziya sohillarida 139 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan kemaning halokatga uchrashi oqibatida 12 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Agentlik, shuningdek, bir necha kishini qutqarishga erishilgani haqida ma’lum qilgan.

Hodisa 3-iyul, seshanba kuni kunduzi sodir bo‘lgan. Bortida 139 nafar yo‘lovchi, 48 avtomobil va mototsikl bo‘lgan kema Indoneziyaning Janubiy Sulavesi provinsiyasi sohillarida ag‘darilib ketdi.

Halokat joyida qutqaruv va qidiruv operatsiyalari boshlandi.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligining xabar qilishicha, kema korpusi chap qismida teshik borligi aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют