» » JCh—2018. Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

JCh—2018. Angliya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi


3-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati nimchorak final bahslari yakuniga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yinida Shvetsiya bir to‘p farqi bilan Shveysariyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.

Hozirgina nimchorak finalning so‘nggi o‘yini ham yakunlandi. Unda Kolumbiya hamda Angliya terma jamoalari o‘zaro bellashdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Harri Keyni o‘zi ishlagan penaltini golga aylantirib, Angliyani hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Yerri Mina boshi bilan Jordan Pikford darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi. Natijada qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. 15 daqiqadan iborat ikki qo‘shimcha bo‘limda ham 1:1 hisobi o‘zgarmadi.

Penaltilar seriyasida esa Angliya Kolumbiyani 4:3 hisobida taslim etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Jahon Chempionati

1/8 final belllashuvlari

3-iyul, seshanba

Gollar: 0:1—57, penalti Keyn, 1:1—90+3 Mina.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 02:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют