» » Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida Ikkinchi jahon urushi davriga oid suvosti kemasi topildi

Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida Ikkinchi jahon urushi davriga oid suvosti kemasi topildi


Ikkinchi jahon urushi yillarida natsistlar Germaniyasi tomonidan Yaponiyaga berilgan suvosti kemasi Kioto prefekturasi shimolidagi Vakasa bo‘g‘ozi tubida topilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qidiruv ishlari bilan Kyusyu politexnika universiteti tadqiqotchilari jamoasi Amerika harbiy xronikasi asosida robot-batiskaf yordamida shug‘ullangan.

Natijada qariyb 90 metr chuqurlikda urush davridagi uchta yapon kemasining yaxshi saqlanib qolgan korpuslari topilgan va tasvirga olingan. Ular orasida Gamburgda U-511 nomi ostida tayyorlangan va 1941-yilda ikki mamlakat o‘rtasidagi texnik hamkorlik doirasida Yaponiyaga berilgan Ro-500 suvosti kemasi ham bo‘lgan.

IX-C tipidagi va suv sig‘imi 1,2 ming tonna bo‘lgan 76,6 metrli kema 1946-yilda amerikaliklar tomonidan cho‘ktirib yuborilgan.

U bilan birga, Yaponiyada yaratilgan L4 va I-121 turidagi Rо-68 suvosti kemalari ham topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют