» » Qozog‘istonda bolalarni “o‘lim guruhlari”ga jalb etish bilan bog‘liq 63 holat aniqlandi

Qozog‘istonda bolalarni “o‘lim guruhlari”ga jalb etish bilan bog‘liq 63 holat aniqlandi


Qozog‘iston IIV joriy yilda voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib qiluvchi internet-guruhlarga jalb etish bilan bog‘liq 63 holatni qayd etdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Qalmuxanbet Qosimov parlament quyi parlamenti — majlisda o‘tkazilgan “hukumat soati”dagi chiqishi davomida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Shu yilning yanvar—fevral oylarida voyaga yetmaganlarni “o‘lim guruhlari”ga jalb etish bilan bog‘liq 63 holat aniqlandi. 15 nafar bola o‘ziga jarohat yetkazdi. Bizga ota-onalar, o‘qituvchilar, qarindoshlardan xabarlar kelib turibdi, ularning barchasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Qalmuxanbet Qosimov, Qozog‘iston ichki ishlar vaziri

Vazir internetdagi bunday guruhlar bilan kurashdagi muammolardan biri ular Qozog‘istondan tashqarida joylashgani ekanligini bildirdi. Jumladan, “VKontakte” Rossiyada, Facebook va Instagram esa AQShda joylashgan.

Biz internetni monitoring qilib boryapmiz. Bugungi kungacha o‘z joniga suiqasdni targ‘ib etish bilan bog‘liq 100 dan ortiq holat aniqlandi. Ularni blokirovka qilish uchun axborot va kommunikatsiyalar vazirligiga berdik. O‘tgan yili o‘z joniga qasd va suiqasdga urinishga oid 44 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 16 nafar bola halok bo‘ldi.

Qalmuxanbet Qosimov, Qozog‘iston ichki ishlar vaziri

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют