» » Xiaomi Mi Max 3 va Mi Max 3 Pro: “ulkan” smartfonlar haqida taqdimot arafasida ma’lumot tarqaldi

Xiaomi Mi Max 3 va Mi Max 3 Pro: “ulkan” smartfonlar haqida taqdimot arafasida ma’lumot tarqaldi


Xiaomi kompaniyasi shu oy Mi Max smartfonlarining yangi avlodi — Xiaomi Mi Max 3 va uning “pro” versiyasini taqdim etishi kutilmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Yaqinda Xiaomi bosh direktori Ley Szyun internetga qurilma qutisining suratini joylagan edi, endi esa Mi Max 3 ning displeyi surati, shuningdek, Mi Max 3 Pro haqidagi ba’zi ma’lumotlar tarqaldi.

Suratga qaraganda, displeyning tepa qismida hech qanaqa “qosh” bo‘lmaydi, ammo u 18:9 nisbatli romsiz ekranga ega bo‘ladi. Mi Max 3 ning o‘lchamlari 176,15?87,4?7,99 mm, og‘irligi 221 grammga teng bo‘ladi. Shu tariqa, bizni 6,9 dyuymli va 2160?1080 pikselli Full HD+ displeyli “ulkan” telefon kutmoqda. Fabletga 1,8 GGs chastotali chip o‘rnatiladi, u Qualcomm Snapdragon 636 bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Mi Max 3 har biri 12 megapikselli qo‘sh kamera, 5 yoki 8 megapikselli old kamera, 5400 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. “Pro” versiyasiga mish-mishlarga ko‘ra, Snapdragon 710 chipi, 6 gigabaytgacha tezkor va 128 gigabaytgacha doimiy xotira o‘rnatiladi, boshqa jihatlardan gadjetlar bir xil. Mi Max 3 ning narxi 1699 yuan (taxminan 250 dollar) bo‘lishi taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют