» » 2018-yil boshidan buyon O‘zbekistonda internet tezligi 1,5 barobar oshdi

2018-yil boshidan buyon O‘zbekistonda internet tezligi 1,5 barobar oshdi


O‘zbekistonda xalqaro internet kanallariga ulanish tezligi soniyasigaa 140,034 Gbitga yetgan, ya’ni, 2018-yilning boshiga nisbatan 1,5 barobar oshgan (yil boshida 94,034 Gbit/s). Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida bo‘lib o‘tgan va 2018-yilning I yarim yilligi sarhisoblariga bag‘ishlangan vazirlik Hay’at kengashining yig‘ilishida ma’lum qilindi.

2018-yil oxirigacha xalqaro internet kanallarining o‘tkazuvchanligini 8—10 barobar oshirib, soniyasiga 1 Tbitga yetkazish belgilab olindi.

Shuning bilan birga, internet provayderlar uchun xalqaro internet kanallariga ulanish narxi o‘zgarishsiz qolgan – 244 985 so‘mni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2018-yilning ikkinchi yarim yilligida xalqaro yetakchi telexauslarga ulanish nuqtalarini tashkil qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha yangi marshrutlarni bosqichma-bosqich tashkil qilish, magistral telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish maqsadida mamlakat bo‘ylab 2 ming km lik optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют