» » Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test imtihonlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test imtihonlari qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi


5-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilish joylari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga kirish uchun test sinovlari Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi (Niyozbek yo‘li 3-tor ko‘chasi) oliy ta’lim muassasalararo universal sport kompleksining pavilyonida o‘tkaziladi. Sport pavilyoni sig‘imi 1100 kishiga mo‘ljallangan. Akademiyaga kirish uchun 1000 dan ortiq nomzodlar bo‘lib, aksariyati o‘zbek tili lotin alifbosida, qolganlari esa qoraqalpoq tili lotin alifbosida hamda rus tilida test sinovini topshiradi.

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga kirish uchun Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi (Beruniy ko‘chasi) Respublika ko‘rgazma savdo markazida bo‘lib o‘tadi. Uning sig‘imi salkam 1500 kishiga mo‘ljallangan. Test sinoviga kirishga 1000 nafardan ortiq nomzod bo‘lib, ularning 1100 nafarga yaqini o‘zbek tili lotin alifbosida, qolganlari qoraqalpoq tili lotin alifbosida hamda rus tilida test sinovini topshiradi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetiga kirish uchun test sinovlari Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatining sport majmuasi zalida o‘tkaziladi. Majmua sig‘imi 300 kishiga mo‘ljallangan. Test sinoviga kirishga 300 nafarga yaqin ortiq nomzod bo‘lib, ularning 95 foizi o‘zbek tili lotin alifbosida va 5 foizi rus tilida test sinovini topshiradi.

Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga kirish uchun test sinovlari Jizzax shahridagi Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji sport pavilyonida o‘tkaziladi. Sport zalining sig‘imi 650 kishiga mo‘ljallangan. Test sinovlarini 600 nafardan ziyod nomzod topshirishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют