» » Meksikada Trampga qarshi o‘n minglab odam namoyishga chiqdi

Meksikada Trampga qarshi o‘n minglab odam namoyishga chiqdi


Meksikaning 18 ta shahrida AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Norozilik namoyishi tashkilotchilari ularning qarshiligi amerikaliklarga emas, Trampning Meksikaga nisbatan siyosati, shu jumladan, uning chegaradagi devor qurilishiga Meksika hukumatini haq to‘lashga majburlash bo‘yicha rejalariga qarshi qaratilganligini ta’kidladi.

Namoyish ishtirokchilari, shuningdek, Meksika mamlakat aholisiga daxldor barcha muzokaralarda bevosita qatnashishi lozimligini ta’kidladi.

Namoyish qatnashchilarini Meksikaning bir necha o‘nlab universiteti, biznes-assotsiatsiyalari va jamoat tashkilotlari qo‘llab-quvvatladi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 25-yanvar kuni Meksika bilan chegarada devor qurish haqida farmon chiqardi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют