» » O‘zbekistonda 7—10-iyul kunlari favqulodda jazirama ob-havo kutilmoqda

O‘zbekistonda 7—10-iyul kunlari favqulodda jazirama ob-havo kutilmoqda


7—10-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron tomondan quruq va o‘ta isssiq havo kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Shu kunlari Respublika bo‘ylab o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlardan 5-7 daraja baland bo‘lgan favqulodda jazirama ob-havo hukm surishi kutilmoqda. Kunduzgi payt harorat 40-43 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha isiydi, garmsel kelishi mumkin.

7—10-iyul kunlari havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlariga Tojikiston va Qirg‘izistondan muzliklar erishi hisobiga hosil bo‘ladigan sel oqimlari o‘tishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют