» » Misrda qora granitdan ishlangan ulkan sarkofag topildi

Misrda qora granitdan ishlangan ulkan sarkofag topildi


Misrlik arxeologlar Aleksandriya shahrida qora granitdan ishlangan sarkofag (qadimgi tosh tobut) topdi, deb yozmoqda Khaleej Times.

Qazilmalar Misr tarixining Ptolemey davriga oid. Bu davr miloddan avvalgi 332—30-yillarni o‘z ichiga olgan.

Sarkofag Sidi Gaber shahrida olib borilgan qazish ishlarida davomida 5 metr chuqurlikdan topilgan. Bu Aleksandriyadan topilgan eng yirik sarkofaglardan biridir. Sarkofagning bo‘yi —185, uzunligi — 265, eni — 165 santimetr. Sarkofag biror marta ham ochilmagani aniqlangan, bu tobut kimga tegishli ekani hozircha noma’lum. Sarkofag bilan birgalikda alebastrdan yasalgan odamning bosh qismi ham topilgan, ehtimol, u dafn qilingan erkakni tasvirlash uchun yaratilgandir.

Avvalroq Josera pog‘onali piramidasida Osiris xudosining haykali topilgani xabar qilingan edi. Haykal piramidaning kirish qismidagi temir bloklar orasidan topilgan. Haykalning balandligi — 63 santimetr. Eng keng qismining eni — 15 santimetr.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют