» » Hindiston yaqin yillarda Venera va Marsga koinot qurilmalarini uchirishi ma’lum qilindi

Hindiston yaqin yillarda Venera va Marsga koinot qurilmalarini uchirishi ma’lum qilindi


Hindiston Venera va Marsga koinot qurilmalari ekspeditsiyalarini jo‘natishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Times of India nashriga ko‘ra, Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) Venera orbitasiga avtomatik stansiyani uchirishni mo‘ljallamoqda. Parvoz qachon amalga oshirishi ma’lum qilinmadi, biroq ekspeditsiya ustidagi ishlar boshlab yuborilgan. 

Shuningdek, Hindiston 2021—2022-yillarda Marsga ikkinchi missiyani yuborishga ham tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

Hindlar mazkur rejalar uddalanishiga ishonch bildirmoqda va buning uchun ISRO’da barcha asoslar bor. 2013-yil 5-noyabrda Qizil sayyoraga yuborilgan Mangalyaan qurilmasi 2014-yil sentabrida Mars orbitasiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Hindiston ilk urinishda Marsga avtomatik stansiyani uchirgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют