Davlat xizmatlari agentligi jurnalistlarni ishga taklif etadi
Davlat xizmatlari agentligi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limiga jurnalistlarni ishga taklif etadi. Bu haqda agentlikning ushbu bo‘limi e’lon berdi.
Taklif qilinayotgan ish quyidagi faoliyat yo‘nalishlaridan iborat: aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Davlat xizmatlari markazlari orqali yaratilayotgan qulayliklar mazmunini kreativ va innovatsion yondashuv asosida aholiga yetkazish, rus va o‘zbek tillarida huquqiy tushuntirishlar tayyorlash, konsepsiyalar, press-relizlar yozish va boshqa shakllardagi huquqiy targ‘ibot ishlari.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Munosib ish haqi to‘lanishi hamda xizmat vazifalari lozim darajada bajarilganda adliya organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan martaba darajalari berilishi kafolatlanadi.
Nomzodlar o‘zlari haqidagi ma’lumotnomani (rezyumeni) info@davxizmat.uz yoki press.davxizmat@mail.ru elektron pochta manziliga yuborishi lozim.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (0371) 207-00-66.
Manba: Daryo.uz