» » Indoneziyada paromning cho‘kishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyada paromning cho‘kishi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi


Indoneziyaning Sulavesi oroli qirg‘oqlari yaqinida paromning cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 taga yetdi. Bu haqda AP’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Qutqaruv operatsiyasining boshlig‘i bergan ma’lumotlarga qaraganda, avariya vaqtida parom bortida 164 ta yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan. 130 nafar kishi qutqarilgan. 3 kishini qidirish ishlari davom etmoqda, ular paromning ichida qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, parom Indoneziyaning Sulavesi oroli qirg‘og‘i yaqinida 3-iyul, seshanba kuni cho‘kkan. Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy agentligining vakili bergan ma’lumotlarga qaraganda, halokat yuz berishiga parom bortining chap tomoni teshilib qolgani sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют