» » O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyalari joriy qilinadi

O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyalari joriy qilinadi


3-iyul, seshanba kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish to‘g‘risida” farmon imzoladi, deb yozmoqda Spot.

Farmonga asosan, O‘zbekistonda blokcheyn, kript-aktiv (raqamli aktiv) va mayning (kript valyuta platformalarining ishlashi uchun zaruriy tuzilmalar) texnologiyalari joriy qilinadi. Farmonda aytilishicha, blokcheyn texnologiyasi davlat organlari faoliyatiga tatbiq qilinadi.

Shuningdek, hujjatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilandi:

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha Loyihalarni boshqarish milliy agentligi mas’ul organ sifatida belgilandi. Agentlik qaysi sohalarga blokcheynni joriy qilish zarurligini belgilab beradi.

Shuningdek, kript aktivlardan foydalanish, ularni sotish-sotib olish jarayoni qonuniylashtiriladi. Kript aktivlar yordamida amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalar soliqqa tortilmaydi.

Loyihalarni boshqarish milliy agentligi va Moliya vazirligiga blokcheynni rivojlantirish bo‘yicha 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish topshirilgan.

2021-yil 1-yanvaridan boshlab blokcheyn quyidagi sohalarga tatbiq qilinadi:

Loyihalarni boshqarish milliy agentligi MUIC (Mirzo Ulug‘bek Innovatsion Markazi) ustav fondida o‘z ulushiga ega bo‘ladi. 3 oy ichida “O‘zbekenergo” va “O‘zbekgidroenergo” mayningni joriy qilish bo‘yicha ishchi loyihani taqdim qiladi.

Loyihalarni boshqarish milliy agentligi va Moliya vazirligiga 1 oy ichida kript aktivlarni joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va 2019-yil 1-yanvarga qadar “Raqamli iqtisodiyot va blokcheyn-texnologiyalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini taqdim qilish topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 46) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют