» » Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tashkil etildi

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tashkil etildi


Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tashkil etildi. Bosqichma bosqich viloyat, tuman (shahar)larda markaz faoliyati tashkil etiladi.

Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan shaxslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish Markazning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Shu maqsadda fuqarolar bilan o‘zaro aloqani amalga oshirish, shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish uchun qisqa raqamli “ishonch telefoni” joriy etiladi.

Adliya vazirligiga “Maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Qonun bilan shu jumladan maishiy zo‘rlik oqibatida jabrlanganlar bilan muloqot qilishga, ularning ish, o‘qish, yashash joyiga borishga taqiqlar qo‘yishni va ularni himoya qilish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy ko‘rsatmalar instituti joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют