» » Turkiyada prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Turkiyada prezidentlik saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi


Turkiya Oliy saylov kengashi mamlakatda 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik va parlamentlik saylovlarining yakuniy natijalarini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Prezidentlik saylovlarida 52,59 foiz natija bilan Toyyib Erdo‘g‘on g‘olib bo‘ldi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Erdo‘g‘onning asosiy raqibi Inje 30,64 foiz, Demirtash — 8,40 foiz, Akshener — 7,29 foiz, Karamollao‘g‘li — 0,89 foiz, Perinchek — 0,20 foiz ovoz to‘plagan.

Parlament saylovlarida 42,56 foiz ovoz to‘plagan Adolat va taraqqiyot partiyasi g‘olib chiqib, parlamentdagi 600 o‘rindan 295 tasini egalladi. Milliy harakat partiyasi 11,10 foiz ovoz to‘plab, 49 o‘rinni egalladi.

Xalq-respublika partiyasi 22,65 foiz ovoz bilan parlamentda 146 o‘rin, “Yaxshi partiya” — 9,96 foiz va 43 o‘rin, “Saodat” partiyasi — 1,34 foiz, ularni birlashtiruvchi Milliy alyans — 33,70 foiz va 189 o‘rinni egalladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют