» » Toshkentda mahalliy xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkentda mahalliy xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi


Toshkent shahrida “Milliy mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanishning dolzarb masalalari: “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari misolida” mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi hamda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Seminarda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda foydalanilayotgan import mahsulotlari va ularni mahalliylashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturi tahlil qilindi. 2017-yilda kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan umumiy qiymati 244,7 million dollarlik xomashyo, butlovchi qism va uskunalar import qilingan, joriy yil yanvar—may oylarida bu ko‘rsatkich 103,7 million dollarni tashkil etdi.

Mahsulot ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan, raqobatbardosh narxda mahalliylashtirish imkoni bo‘lmagan ayrim butlovchi qismlarni import qilishda bojxona to‘lovlarini bekor qilish, mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari stavkalarini optimallashtirish yuzasidan qator vazifalar belgilangan.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 31-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni tizimlashtirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Unda raqobatbardosh ishlab chiqarishni kuchaytirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish, ichki bozorni sifatli iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashga qaratilgan masalalarni bojxona-tarif nuqtai nazaridan tartibga solish belgilangan.

Ko‘rgazmali seminarda “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan kabel-sim, elektrotexnika va maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan va bugungi kunda import qilinayotgan butlovchi qismlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют