» » Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida O‘quv-amaliyot to‘qimachilik texnoparkini tashkil etiladi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida O‘quv-amaliyot to‘qimachilik texnoparkini tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida Koreya Respublikasi hukumatining beg‘araz yordamini jalb etgan holda O‘quv-amaliyot to‘qimachilik texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Texnoparkni ishga tushirish uchun Janubiy Koreya Respublikasi hukumatining 15 million dollar miqdoridagi texnik ko‘mak vositalari (granti) jalb etiladi.

Texnopark qurilishi, zarur ilmiy-laboratoriya jihozi, asbob-uskunalar, mebel va orgtexnika bilan jihozlanishini 2018-yilda yakunlanishi ko‘zda tutilgan. 

Yangi erkin hududni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad talabalar va yosh olimlarni to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, bo‘yash-pardozlash, mato va liboslar dizayni sohasida amaliy tadqiqotlar o‘tkazishga o‘rgatish, mahalliy va xorijiy tashkilotlar, fan va ta’lim muassasalari buyurtmalari asosida ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya, energiya va resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda manbashunoslik, bo‘yash-pardozlash, dizayn sohasida tadqiqotlar o‘tkazish, xorij professor-o‘qituvchilari rahbarligi ostida oliy kvalifikatsiyadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlashdan iborat.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют