» » Rossiyada avtobusi buzilib, trassada qolib ketgan o‘zbekistonliklar o‘z vatanlariga yo‘lni davom ettirdi

Rossiyada avtobusi buzilib, trassada qolib ketgan o‘zbekistonliklar o‘z vatanlariga yo‘lni davom ettirdi


Rossiyaning Penza shahri yaqinida avtobus buzilib qolishi natijasida qolib ketgan o‘zbekistonliklar o‘z vatanlariga yo‘lni davom ettirdi, deb yozadi Sputnik respublika elchixonasiga tayanib.

Penza viloyati bo‘yicha favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 70 nafar O‘zbekiston fuqarosini olib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi uzatish qutisidagi nosozlik tufayli Penzadan taxminan 1 soatlik masofada to‘xtab qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tezkorlik bilan nosozlikni bartaraf qilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilarga issiq ovqat va mahalliy mehmonxonadan bepul xonalar taklif qilingan. Ammo yo‘lovchilar mehmonxona xizmatlaridan va tibbiy yordamdan bosh tortgan.

Texnik nosozlik barataraf etilgach, 4-iyul kuni taxminan 13:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00) da avtobus O‘zbekistonga qarab o‘z yo‘lini davom ettirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют