» » Belarusda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga olib kelinadigan yangi transport vositalari aksiz solig‘idan ozod qilindi

Belarusda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga olib kelinadigan yangi transport vositalari aksiz solig‘idan ozod qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil, 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgarishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8-fevralda imzolangan qaror bilan mazkur hujjatga kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, Belarusda ishlab chiqarilgan va O‘zbekistonga olib kelinadigan yangi transport vositalariga aksiz solig‘ining tasdiqlangan stavkalari taalluqli bo‘lmaydi. 

Xususan, bu tuzatish Belarusda ishlab chiqarilgan o‘tirgichli yangi shatakchilar, yangi motorli yuk tashish transport vositalari va boshqa motorli yuk mashinalariga tegishli. 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan mazkur imtiyoz Rossiya, Ukraina va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan hamda O‘zbekistonga olib kelinadigan yangi transport vositalarini ham qamrab oladi. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют