» » Birlashgan Arab amirliklarida eri uylanmoqchi ekanligidan xabar topgan o‘zbekistonlik ayol o‘zini osib o‘ldirdi

Birlashgan Arab amirliklarida eri uylanmoqchi ekanligidan xabar topgan o‘zbekistonlik ayol o‘zini osib o‘ldirdi


Sharja politsiyasi eri uylanmoqchi ekanligidan xabar topganidan so‘ng o‘zini osgan o‘zbekistonlik 43 yashar ayolning o‘limini tekshirmoqda. Bu haqda “Repost.uz” xаbar berdi.

Ayolning jasadi 2-iyul kuni Al-Dxayd shahridagi kvartirasida topildi. Uning eng kichigi 1 yosh bo‘lgan 5 nafar farzandi qolgani ma’lum.

Tergov taxminiga ko‘ra, ayol Birlashgan Arab amirliklari fuqarosi bo‘lgan eri marokashlik ayolni nikohiga olish niyatini bildirganidan so‘ng o‘zini o‘ldirgan.

O‘limning aniq sabablari sud-tibbiy ekspertizasidan so‘ng oydinlashadi. Mazkur oilaning yaqinlari va do‘stlari so‘roq qilingani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют