» » Kattaqo‘rg‘onda gumondor ayolni tahqirlagan IIB xodimini qamoqqa olish masalasi ko‘rib chiqilmoqda

Kattaqo‘rg‘onda gumondor ayolni tahqirlagan IIB xodimini qamoqqa olish masalasi ko‘rib chiqilmoqda


2018-yil 22-iyun kuni fuqaro N.T. ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 3-iyunda Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili S.Umarov va boshqalar uni shahar IIB binosida haqorat qilib, yechinishga majbur qilishganligini bildirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda shu kuni soat 10:00 atrofida fuqaro N.T. Kattaqo‘rg‘on shahrining “Dehqon bozori”da bo‘lgan vaqtida shahar IIB xodimlari uni o‘g‘rilik qilganlikda gumon qilib, shahar IIB ma’muriy binosiga olib kelishganligi aniqlangan.

Shahar IIB tezkor vakili S.Umarov o‘g‘rilik qilish maqsadida bozorga kelganligini aytib, uni haqorat qilgan. So‘ng IIB ma’muriy binosining koridorida N.T. ning egnidagi barcha kiyimlarini yechishga majbur qilib, bu holatni o‘zi videotasvirga olgan.

2018-yil 4 iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattako‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili S.Umarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda S.Umarov ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar IIBda mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют