» » Tramp tez orada AQSh kosmik kuchlarining tuzilishini ma'lum qildi

Tramp tez orada AQSh kosmik kuchlarining tuzilishini ma'lum qildi


4-iyul, chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp kosmik qo‘shinlar mamlakat harbiy kuchlarining to‘laqonli qismi sifatida tez orada shakllantirilishini ma’lum qilgan, deya “TASS” xabar bermoqda.

“Biz yaqinda kosmik qo‘shinlarga ega bo‘lamiz. Bu ishga hamma katta qiziqish bilan qaramoqda”, — deya Tramp Oq uy balkonidan turib AQSh mustaqilligining 242 yilligi munosabati bilan prezident qarorgohining Janubiy maysazoriga yig‘ilgan harbiylar va ularning oila a’zolari oldida ma’lum qilgan.

Tramp 18-iyun kuni kosmik kuchlarni shakllantirish to‘g‘risida buyruq bergan. “Amerika uchun kosmosda shunchaki mavjud bo‘lishning o‘zi kam, biz u yerda ham yetakchi bo‘lishimiz zarur. Bu juda muhim. Shuning uchun, men shu damning o‘zida mudofaa vazirligiga hoziroq kosmik kuchlarni shakllantirishga kirishishni buyuraman”, — deya Tramp Oq uyda Milliy kosmik kengash a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum qilgan.

Tramp kosmik kuchlarni shakllantirish to‘g‘risidagi fikrini bir necha marotaba aytgan. Xususan, mart oyida Kaliforniya shtatida Miramar aviabazasida dengiz piyoda askarlari oldida nutq so‘zlaganida Tramp AQShning yangi milliy kosmik strategiyasida kosmosga ham xuddi yer, havo va dengiz singari harbiy harakatlar maydoni sifatida qaralishini aytib o‘tgan. “Biz kosmosda qiladigan ishlarimiz hali juda ko‘p, shuning uchun ham bizga kosmik kuchlar kerak”, — deya Tramp so‘zini yakunlagan.

Avvalroq, Kongressda Pentagon budjeti muhokama qilinganida harbiy kuchlarning kosmos uchun mo‘ljallangan turini yaratish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan, biroq taklif rad etilgan. Mudofaa vaziri Jeyms Mettis va harbiy-havo kuchlari boshqarmasi taklifga qarshi chiqqan.

Harbiy-havo kuchlari vaziri Xezer Uilson va harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Devid Goldfin Kongressning bir qator yig‘ilishlarida harbiy-havo kuchlari kosmik qo‘shinlarni shakllantirmay ham kosmosdagi yetakchilik borasida qo‘yilayotgan vazifalarning uddasidan chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan. Pentagon avgust oyiga qadar Kongressga prezident buyrug‘ini bajarish qanchalik murakkab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosalarini taqdim qilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют