» » Farg‘onada piyodani urib, jasadini ariqqa tashlab ketgan haydovchi qidirilmoqda

Farg‘onada piyodani urib, jasadini ariqqa tashlab ketgan haydovchi qidirilmoqda


Farg‘ona viloyatining Quva tumanida 4-iyul kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Yuziya qishlog‘ida joylashgan “Yuziya” MFY binosi oldida haydab ketayotib, shu mahallada yashagan M.B.ni urib yubordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Hodisa oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi esa jinoyatini yashirish uchun uning jasadini Toshloq tumani, Zarkent qishlog‘i, Navoiy ko‘chasidan oqib o‘tuvchi ariqqa tashlab ketgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Ushbu holatga guvoh bo‘lgan, haydovchi yoki mashina haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga xabar berish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют