» » Kattaqo‘rg‘onda tahqirlangan ayol: San’at Umarovga da’voyim yo‘q. Bular bilan dushmanlashsam, o‘zimga, bolalarimga ziyon yetkazishidan qo‘rqaman

Kattaqo‘rg‘onda tahqirlangan ayol: San’at Umarovga da’voyim yo‘q. Bular bilan dushmanlashsam, o‘zimga, bolalarimga ziyon yetkazishidan qo‘rqaman


“Xabar.uz” muxbiri Kattaqo‘rg‘onda IIB xodimi tomonidan tahqirlangan ayol bilan bog‘lanib, suhbatlashishga muvaffaq bo‘ldi. U mazkur voqea yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

“Yoshim 31da. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im ikki yil avval vafot etgan.

Men Kattaqo‘rg‘on tumanidagi qishloqlarning birida yashayman. Internetda videosi tarqalgan voqea 3-iyun kuni sodir bo‘ldi.

Uyga bozorlik qilish uchun borgan paytim bir militsiya xodimi to‘xtatib, avval bozordagi kabinetiga olib keldi. Keyin ikki nafar militsiya xodimiga qo‘shib, shahar ichki ishlar bo‘limiga jo‘natib yubordi. San’atga o‘sha yerda ro‘para qilishdi.

Ochig‘ini aytganda, ilgari yomon yo‘lga kirib, o‘g‘rilikni odat qilganim uchun bir necha bor sudlanganman. Bozordagi militsiya xodimlarining meni tanib qolgani ham shundan. Lekin ancha bo‘ldi, bu odatni tashlaganman, dehqonchilik bilan shug‘ullanaman.

Ular meni ushlab melisaxonaga yuborganini ham bir paytlar yo‘l qo‘ygan xatolarimga yo‘ydim — qaysidir jinoyatda mendan shubhalanayotgandir deb o‘yladim.

Shahar ichki ishlar bo‘limiga olib kelishgandan so‘ng San’at Umarov menga hech narsadan hech narsa yo‘q ‘sen o‘g‘rilik qilib yuribsan’, — deya haqorat qila boshladi. “Uyda bolalarim kutib o‘tiribdi, men hech narsa qilmadim” desam ham quloq solmadi.

U videoga olishdan oldin bir-ikki marta oyog‘imga tepdi. Shunga qo‘rqib qoldim. U kiyimlarimni yechishga majburlab, o‘zi videoga oldi. Yalang‘och holda bozorga olib bormoqchi edi, yalinib-yolvorganimdan keyin navbatchi militsiyalarning oldigacha olib borib, izimga qaytardi. Keyin soat beshgacha ushlab o‘tirib, qo‘yib yubordi.

Mening San’at Umarovga hech qanday da’voyim yo‘q. Chunki Kattaqo‘rg‘onda ikki bolamdan boshqa hech kimim yo‘q. Bular bilan dushmanlashsam, o‘zimga, bolalarimga ziyon yetkazishidan qo‘rqaman. Shuning uchun hech qayerga shikoyat ham qilganim yo‘q.

Viloyat prokuraturasiga shikoyat qilganim yo‘q. Lekin men tanimaydigan boshqa odamlar murojaat qilishibdi. Meni chaqirib, voqea qanday bo‘lganini tushuntirib berishimni so‘rashdi. Bo‘lgan voqealarni yozib berdim, bor gap shu”.

Eslatib o‘tamiz, hozirda San’at Umarov ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют