» » O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo yoshlar kengashi tuzilmoqda

O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo yoshlar kengashi tuzilmoqda


Avval xabar berganimizdek, 26—30-iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida ilk bor Markaziy Osiyo yoshlar forumi o‘tkazildi. Forum yakunida Markaziy Osiyo yoshlar masalalari bo‘yicha vazirlik va tashkilotlarining 2019—2021-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Dasturga ko‘ra, ilm-fan va ta’lim, tadbirkorlik, madaniy-gumanitar, yoshlar turizmi, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish sohalarida mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Ta’lim va fan sohasi bo‘yicha hamkorlik:

Markaziy Osiyo yoshlar forumini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);

Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh yetakchilarining xalqaro anjumanini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);

“Markaziy Osiyo yoshlari: hamkorlik istiqbollari va hamkorlikning yangi manzillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy yoshlar anjumanini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);

Central Asia Youth Hackathon AT-loyihalar xalqaro tanlovini o‘tkazish (Qozog‘iston, har yili);

Robototexnika bo‘yicha Central Asia Youth Robot Challenge Markaziy Osiyo chempionatini o‘tkazish (Qozog‘iston, har yili);

Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh tadbirkorlarining Startupstan loyihalar tanlovini tashkil etish (Tojikiston, har yili);

Markaziy Osiyo mamlakatlari talabalarining sammitini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);

Yoshlarni millatlararo va dinlararo hurmat ruhida, ideologiya, terrorizm chaqiruvlari va xavflari, separatizm, ekstremizm, narkosavdo va transchegaraviy jinoyatlarga qarshitarbiyalash bo‘yicha qo‘shma tabirlar o‘tkazish (Markaziy Osiyo yoshlar forumida ishtirok etgan mamlakatlarda, har yili).

Madaniy-gumanitar hamkorlik, hududiy yoshlar turizmini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik:

“Jash-Bulak” forum-oromgoh tashkil etish (Qirg‘iziston, har yili);

San’at va madaniyat sohasidagi loyihalarni muhokama qilish va amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda Markaziy Osiyo yoshlarining ijodiy davrasi uchun yagona hamkorlik maydonini (saytni) yaratish (O‘zbekiston);

Markaziy Osiyo mamlakatlari yosh kinoijodkorlarining PROlogue xalqaro kinofestivalida ishtirokini ta’minlash (O‘zbekiston, har yili);

Markaziy Osiyo yosh ijodkorlarining festivalini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);

Markaziy Osiyo yoshlar forumi doirasida mamlakatlarning yoshlar turizmi ko‘rgazmasini tashkil etish (O‘zbekiston, har yili);

“Yoshlar mehmonnavozligi” loyihasini amalga oshirish (Tojikiston, har yili);

Markaziy Osiyo mamlakatlariga yoshlar media-turlarini tashkil etish (O‘zbekiston, har yili);

Madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar taqvimini doimiy ravishda shakllantirish va yangilash (O‘zbekiston, har yili);

Yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida Markaziy Osiyo kitob fondini shakllantirish (Qozog‘iston, har yili);

Chegara hududlarida yoshlar konsolidatsiyasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish (Qirg‘iziston, har yili).

Sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlik:

Futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo yoshlarining o‘rtoqlik chempionatini o‘tkazish (O‘zbekiston, har yili);

Havaskorlar o‘rtasida basketbol (stritbol) bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionatini o‘tkazish (Qozog‘iston, har yili);

Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlarining marafonda ishtiroki (Tojikiston, har yili);

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘yicha eng yaxshi ijtimoiy loyihalar ko‘rgazmasini tashkil etish (Qozog‘iston, har yili) rejalashtirildi.

Birinchi Markaziy Osiyo yoshlar forumi doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qozog‘istonning “Jas Otan” yoshlar qanoti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Forum yakunida esa Markaziy Osiyo yoshlar forumi deklaratsiyasi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют