» » Adliya vazirligi xorijiy investorlar huquqlarini himoya qiladi

Adliya vazirligi xorijiy investorlar huquqlarini himoya qiladi


Adliya vazirligi xorijiy investorlarning huquqlari buzilgan taqdirda ularni himoya qilish va aybdorlarni jazolash choralarini ko‘radi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Agarda Siz xorijiy investor sifatida:

1) faoliyatingizni boshlash yoki uni takomillashtirish bilan bog‘liq taklif hamda murojaatlaringiz davlat idoralari tomonidan paysalga solinayotgan bo‘lsa;

2) soliq va boshqa imtiyozlarni qo‘llashni rad qilish holatlariga duch kelsangiz;

3) qonun hujjatlarining qo‘llanilishi bo‘yicha va boshqa masalalarda huquqiy maslahat olmoqchi bo‘lsangiz;

4) mamlakatimizda investitsion muhitni takomillashtirish yuzasidan takliflaringiz bo‘lsa, Adliya vazirligiga “Ishonch telefoni”ning 1008 raqami orqali, shuningdek, Facebook’dagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” guruhi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Xorijiy investorlarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan sudlarga da’vo arizalari kiritiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют