» » Televizor tanlashda adashmang

Televizor tanlashda adashmang


Televizor sotib olishdan oldin ba’zi maslahatlarga quloq tutishingizni tavsiya etamiz.

Narxlarni aniqlashtirib oling

Maxsus do‘konlarga borishda shuni esda tutingki, bu mavzu to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lmasangiz televizorning haqiqiy narxidan 2—3 baravar ko‘p mablag‘ sarflab qo‘yishingiz mumkin.

O‘lchamini belgilab oling

Sotib olmoqchi bo‘lgan yangi televizorni qayerga joylashtirmoqchi ekanligingizni aniq rejalashtiring. Bu joyni o‘lchang va shu o‘lchamlar bilan do‘konga boring.

Mosini tanlang

Hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan ekranlar Full HD modellari hisoblanadi. Ular yotiq yo‘nalish bo‘yicha 1920 piksel va tik yo‘nalish bo‘yicha 1080 piksel tasvirlardan tashkil topgan. Reklamalarda esa yangi 4K-televizorlarni ilgari surishga harakat qilishmoqda. Lekin bu televizorlarga tasvirlarni sifatli ravishda ko‘rsatishi uchun kamdan-kam uchraydigan qo‘shimcha 4K-kontent o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun hali yetarlicha takomillashib ulgurmagan bu model uchun katta mablag‘ sarflashingizni tavsiya qilmaymiz.

Ranglar ko‘lamiga e’tibor qiling

Ekranlar bir xil texnologiyada ishlab chiqariladi. Bu texnologiya tasvirlarni barcha ranglar ko‘lami doirasida ko‘rsatishga yetarlicha asoslangan.

Yuqoridagilarni aniqlab olgan bo‘lsangiz, ishlab chiqaruvchi firmalarning internetdagi rasmiy saytlari orqali birorta variantni tanlashingiz va qo‘rqmasdan do‘konga borishingiz mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют