» » Innovatsiya vazirligi “Buyuk kelajak” ekspertlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Innovatsiya vazirligi “Buyuk kelajak” ekspertlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi


Innovatsion rivojlanish vazirligida iqtisodiyotning turli sohalarida xalqaro miqyosda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar tomonidan tashkil etilgan “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Buyuk kelajak” ekspertlar kengashining asosiy maqsadi O‘zbekistonning 2035-yilgacha rivojlanish modelini ishlab chiqishdan iborat. Shu munosabat bilan 28—30-iyun kunlari kengash a’zolari “O‘zbekiston 2035” forumiga yig‘ilib, mamlakatning shu sanagacha bo‘lgan rivojlanish konsepsiyasi va strategiyasini muhokama qildi. Jumladan, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, aholining yashash va ijtimoiy himoya darajasini oshirish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish va makroiqtisodiy barqarorlikni kuchaytirish, ilm-fan, ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish kabi masalalar forum kun tartibiga qo‘yildi.

Vazirlikka tashrif buyurgan “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashining a’zolari Oybek Shayxov, Ilhom Azimov, Nargis Do‘stmatova, Saidno‘mon Mansurov ayni kunlarda kengash tomonidan O‘zbekiston hukumati hamda “Buyuk kelajak” ekspertlar kengashi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilayotganini bildirdi. Kengash davlat organlariga mamlakatda mavjud muammolarni hal qilish yuzasidan takliflar, maslahatlar beruvchi konsultativ byuro sifatida faoliyat yuritishi nazarda tutilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari “Buyuk kelajak” bilan birgalikda ishlashga tayyor ekanliklari, turli sohalarda xorijiy tajribaga ega ekspertlarning bilim va ko‘nikmalarini vazirlik oldida turgan vazifalarni amalga oshirishda qo‘llash zarurligini ta’kidladi. O‘z navbatida, Innovatsiya vazirligi xodimlarining aksariyati xorijda o‘qigan yoki ishlagan, shu bois ham ularning kengash ekspertlari bilan bir-birlarini tushunishlari oson kechdi. Ikki tomonning hamjihatlikda ishlashi O‘zbekiston farovonligiga, davlatning strategik manfaatlariga hissa qo‘shishiga ishonch bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют