» » O‘zbekiston IIV: Ayrim nopok xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatlari sodir etilayotgani juda ham achinarli

O‘zbekiston IIV: Ayrim nopok xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatlari sodir etilayotgani juda ham achinarli


Ichki ishlar vazirligi Kattaqo‘rg‘on tuman IIB tezkor vakili San’at Umarov tomonidan ayol kishining tahqirlanishi bo‘yicha rasmiy bayonotini e’lon qildi.

Vazirlik saytida joylashtirilgan bayonotda quyidagilar ma’lum qilingan:

“Hech bir jamiyatda inson qadr-qimmati tahqirlanmasligi, har qanday sharoitda ham inson sha’ni qadrlanishi, uning huquqlari to‘la kafolatlanishi belgilangan. Lekin, ba’zi bir nopok xodimlar tomonidan qonun buzilishi holatlari sodir etilayotgani juda ham achinarli.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro T.N. ga nisbatan sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatlar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, holat Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili kapitan San’at Umarov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Bugungi kunda San’at Umarov ichki ishlar organlaridan salbiy harakatlari uchun bo‘shatilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan bunday salbiy holatlarni aniqlash, oldini olish va ichki ishlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalash maqsadida doimiy ravishda keskin choralar ko‘rib boriladi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют