» » Ozbekistonda royxatdan otgan yuridik shaxslar fuqarolarni xorijga ishga yuborish huquqiga ega boldi

Ozbekistonda royxatdan otgan yuridik shaxslar fuqarolarni xorijga ishga yuborish huquqiga ega boldi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorni imzoladi. Hujjatning toliq matni OzA tomonidan keltirildi.

Qarorga muvofiq, 2 018-yil 1-sentabrdan boshlab Ozbekistonda royxatdan otgan yuridik shaxslar:

Tegishli litsenziya asosida Ozbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boyicha;

Akkreditatsiyadan otgan holda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Ozbekiston fuqarolarining kasbiy malakasini, jumladan, kasbiy konikmalarga ega bolish va xorijiy tillarni bilish darajasini tasdiqlash borasidagi faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega boladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qollab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgarmasi tashkil etiladi.

Quyidagilar jamgarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, ogir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablagsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularga moddiy yordam korsatish;

Mehnat migratsiyasida bolgan davrda jarohatlanish, baxtsiz hodisa sababli tibbiy xizmat korsatish talab etilgan fuqarolarga, korsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migranti hisobidan tolash imkoniyati bolmagan hollarda tolangan mablaglar ushbu fuqarolar tomonidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, tibbiy xizmat korsatish;

Ishga joylashgan davlatning tegishli muassasalari tomonidan tasdiqlangan hollarda respublikadan tashqarida mehnat migratsiyasida bolgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijdagi mehnat faoliyati vaqtida mehnat qobiliyatini yoqotishga olib kelgan shikastlanish yoki jiddiy jarohatlangan fuqarolarni olib kelish;

Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga tashkillashtirilgan tarzda ilgari yuborilgan va ishga joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzish oqibatida ushbu mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) fuqarolarni, tolangan mablaglar ushbu fuqarolar hisobidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, shuningdek, kelishilgan mehnat sharoitlari chet ellik ish beruvchilar tomonidan taminlab berilmagan fuqarolarni qaytarish;

Respublika hududlarida xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldingi moslashtirish, kasbiy tayyorlash, xorijiy tillarga oqitish va bilim darajasi yuzasidan test sinovlari otkazish, fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini tashkil etish hamda jihozlash;

Norasmiy mehnat migratsiyasining oldini olishga qaratilgan, fuqarolarni xorijda ishga tashkillashtirilgan tarzda joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalari boyicha axborot-marifiy tadbirlarni otkazish.

Davlat budjetidan jamgarma uchun 200 milliard som miqdoridagi bir martalik begaraz moliyaviy yordam ajratiladi.

2018-yil 1-avgustdan:

Xususiy mehnat shartnomalari boyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga ketayotgan fuqarolarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda ixtiyoriy royxatdan otish taomilini joriy etgan holda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinadi;

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasiga eng kam ish haqining tort yarim baravari miqdorida yillik sugurta tolovlarini ixtiyoriy ravishda tolash tartibi joriy etiladi, bunda tolovlar amalga oshirilgan davrlar belgilangan tartibda mehnat stajiga qoshiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (6-07-2018, 08:27)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -