» » Yaponiyada “Aum Sinrikyo” sektasi asoschisi qatl qilindi

Yaponiyada “Aum Sinrikyo” sektasi asoschisi qatl qilindi


Yaponiya hukumati “Aum Sinrikyo” sektasi asoschisi Seko Asaxara (haqiqiy ismi Tidzuo Matsumoto)ga nisbatan o‘lim hukmini amalga oshirdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” NHK telekanaliga tayanib.

Ta’kidlanishicha, u bilan birga uning yana bir necha safdoshlari qatl qilingan.

Sekta a’zolari bir nechta qotilliklarda va zaharlovchi moddalardan foydalanib uyushtirilgan teraktlarda aybdor deb topilgan.

1994-yilda “Aum Sinrikyo” tarafdorlari Nagano prefekturasidagi Matsumoto shahrida zarin gazini sochgan, oqibatda yetti kishi qurbon bo‘lgan. 1995-yil martida esa sektantlar Tokio metrosida zarin sepib, ikkinchi teraktni amalga oshirgan, o‘shanda 13 kishi halok bo‘lgan, olti mingdan ortiq kishi turli darajada zaharlangan edi.

1995-yil martidan sekta faoliyati dunyoning barcha mamlakatlarida taqiqlangan.

2004-yil fevralida sud Asaxarani osish yo‘li bilan o‘limga hukm qildi. Uning advokatlari hukm ustidan norozilik arizasi berishga urinib, Oliy sudgacha yetdi, ammo u 2006-yil sentabrida ularning apellyatsiyasini rad etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют