» » O‘zbekistonda xorijlik vatandoshlar uchun 5 yillik viza joriy etiladi

O‘zbekistonda xorijlik vatandoshlar uchun 5 yillik viza joriy etiladi


O‘zbekistondagi mutasaddi idoralarga 2018-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda xorijiy fuqarolarning turli toifalariga qo‘shimcha viza tartiblarini joriy qilish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklatiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Ushbu viza tartiblari quyidagilardan iborat bo‘lishi belgilangan:

Silk road — Ipak yo‘li mamlakatlari bo‘ylab sayohat qilayotgan turistlar uchun boshqa mamlakatlar viza belgilarini tan olish imkoniyati bilan;

“Vatandosh” — kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lganlar va ularning oila a’zolariga 5 yillik viza;

Golden visa — yirik xorijiy investorlar uchun 10 yillik viza.

Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga xorijiy fuqarolar uchun vizasiz kirish tartibini joriy qilish natijasiga ko‘ra 2019-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda fuqarolari O‘zbekistondan tranzit orqali o‘tadigan, vaqtincha bo‘ladigan va chiqib ketadigan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Mazkur qaror bilan hozircha O‘zbekistonda 101 davlat fuqarolari 5 kungacha vizasiz qolishi mumkinligi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют