» » Toshkent viloyatida Reabilitatsiya markazlari ish boshladi

Toshkent viloyatida Reabilitatsiya markazlari ish boshladi


Toshkent viloyatida bugungi kunda reabilitatsiya markazlarida olib borilayotgan ishlar qat’iy nazorat ostida yangidan tashkillashtirilgan. Markazga olib kelingan shaxslar to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, sog‘ligida muammo bo‘lsa, sog‘ligini tiklash maqsadida, shifoxonalarga yuborilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

Reabilitatsiya markazlariga olib kelingan shaxslarning aksariyati sog‘lom turmush tarzini butunlay yo‘qotgan, ichkilikbozlikka mukkasidan ketgan. Ayrimlari esa, keksaligi va nogironligi bois, mehnatga yaroqsiz kishilar.

Endilikda turli hududlardan kelgan, yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar yashash hududlariga qaytarib yuborilmaydi. Shaxsiga, pasport bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yilgan turar joyiga aniqlik kiritiladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, yoki biometrik pasport olmagan shaxslar reabilitatsiya markazining o‘zida Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan mobil qurilma vositasida biometrik ma’lumotlar olinib, joylardagi mutasaddilar tomonidan ularning yashash joylari va bandligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Toshkent profilaktika inspektorlariga muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni topish, ularni shaxsini aniqlash va ularga hujjatlar taqdim etish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ishga joylashishga ko‘maklashish vazifasi yuklatildi.

Yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi bu yerdagi murakkab vaziyatlarga tushib qolgan shaxslar uchun yangi yoki yaxshi holatdagi erkaklar va ayollar kiyimlarini hamda oziq-ovqat mahsulotlarini topshirish mumkinligini ma’lum qiladi.

Murojaat qilish uchun telefon: 264-59-09.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2018, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют