» » Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi, deb yozadi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida “yaqinda bo‘lib o‘tgan saylov natijalari Turkmanistonning farovonligi, jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun Sizning uzoqni ko‘ra biladigan rahbarligingiz ostida olib borilayotgan chuqur o‘ylangan va samarali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi tomonidan yuqori ishonch bildirilganligining va to‘liq qo‘llab-quvvatlanishining yana bir yorqin ifodasi” ekanligini qayd etdi.

“Bugun vaqt va hayot sinovidan o‘tgan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va totuv qo‘shnichilik rishtalari ikki xalqning ko‘p asrlik yaqin munosabatlari asosida muvaffaqiyatli rivojlanib va mustahkamlanib borayotgani alohida ta’kidlandi”, — deyiladi TIV axborotida.

Qo‘shimcha qilishlaricha, Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik, salomatlik va mas’uliyatli davlat lavozimida yangi yutuqlar, birodar turkman xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют